YUKOSLOGISTICS
BIZ HAQIMIZDA

Biz haqimizda

YukOs — O‘zbekistonda yuk tashish bozorini raqamlashtirish uchun qurilgan platforma. Yuk egasi e’lon beradi, haydovchilar taklif yuboradi, kelishuv ikki tomon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ladi.

Bog‘lanish
YukOs logistics
YUKOS LOGISTICS

MISSIYAMIZ

Maqsadimiz

Bo‘sh qaytayotgan mashinalarni kamaytirish. Har bir reys to‘la yuk bilan ketsin va haydovchi ish qidirib telefon qilib yurmasin.

YukOs logistika markazi
YUKOS LOGISTICS

Muammodan — yechimga.

An’anaviy jarayon

  • ×Haydovchi topish vaqt oladi
  • ×Narxlar shaffof emas
  • ×Yuk holatini bilish qiyin

YukOs bilan

  • Mos haydovchilar bir joyda
  • Yopiq narx takliflari
  • Real vaqtda GPS kuzatuv

12

viloyat qamrovi

3

ilova: mijoz, haydovchi, admin

0%

safar komissiyasi

Bir platforma. Ikki tomon.

YUK EGASI

  1. 01Yukni joylaydi
  2. 02Takliflarni oladi
  3. 03Eng mosini tanlaydi
  4. 04Safarni kuzatadi

HAYDOVCHI

  1. 01Mos yukni topadi
  2. 02Narx taklif qiladi
  3. 03Buyurtmani oladi
  4. 04Safarni bajaradi

BIZNES MODEL

Safardan komissiya yo‘q.

Platforma faqat obuna asosida ishlaydi. Haydovchi transport turiga mos tarifni tanlaydi, mijoz esa platformaga hech narsa to‘lamaydi.

YukOs 0% safar komissiyasi — mobile

BIZNI AJRATIB TURADI

Qadriyatlarimiz

01

Shaffoflik

Narx haydovchi bilan mijoz o‘rtasida kelishiladi. Yashirin to‘lov yo‘q.

02

Tezlik

E’lon berilgandan keyin dastlabki takliflar bir necha daqiqada keladi.

03

Ishonch

Har bir safardan keyin ikki tomon bir-birini baholaydi. Reyting ochiq.

Logistikani birga soddalashtiramiz.

Yuk tashish jarayonini tezroq, shaffofroq va nazorat qilinadigan qilish uchun YukOs bilan bog‘laning.